"Milan" ustozi eski tanishini Italiyaga olib kelmoqchi

Omonjon To`xtamirzayev
15 okt 2024
"Lill" hujumchisi Jonatan Devid yana "Milan" e'tiborini o'ziga qaratgan.

"Rossoneri" ustozi Paulu Fonseka francuz klubida birga ishlagan davridan hujumchini yaxshi biladi va endi u bilan A Seriyada ham ishlab ko'rmoqchi.

"Lill" hozircha futbolchi bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmadi. Amaldagi kelishuv 2025 yilning yozigacha mo'ljallangan. "Milan" vaziyatni sinchkovlik bilan kuzatishda davom etyapti.

Avvalroq, mish-mishlar kanadalik faoliyatini Ispaniyaning ikki grandidan biri safida davom ettirishi mumkinligiga ishora qilgandi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: gazzetta.it