"Milan" Tomori uchun "Chelsi"ga qancha to'lashi aniq bo'ldi

Mirjalol Normatov
31 may 2021
Himoyachi Fikayo Tomori "Milan"ning to'laqonli futbolchisiga aylanishga yaqin turibdi.

Jurnalist Fabricio Romanoning yozishicha, Italiya klubi futbolchini sotib oladi. Ijara shartnomasida uning to'liq sotib olinishi 28 mln evroni tashkil qilishi yozib qo'yilgan. 23 yoshli futbolchi "Milan" bilan 5 yillik shartnomaga imzo chekadi. Undan tashqari, yozda Emerson, Temue Bakayoko va Davide Dzappakosta kabi futbolchilar ham "Chelsi"dan ketadi.

Ushbu mavsumda Tomori "Milan" tarkibida 17 o'yinda 1 gol urdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia