"Milan" Teo Ernandes bilan 2026 yilga qadar shartnomani uzaytiradi

Alisher
29 yanv 2022, 14:45
"Milan" himoyachi Teo Ernandes bilan shartnomani uzaytirish borasida kelishuvga erishdi.

24 yoshli francuz bilan 2026 yilning iyun oyi so'ngiga qadar mo'ljallangan yangi shartnoma imzolanadi, futbolchining maoshi esa yiliga 4 million evroga qadar o'sadi.

Shartnoma uzaytirilgani haqida rasmiy ma'lumot qishki transfer oynasi yopilganidan so'ng berilishi kutilmoqda.

Teo Ernandes "Milan"da 2019 yilning iyulidan beri o'ynaydi. Himoyachi 2021/22 yilgi mavsum jamoa tarkibida 25ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 7ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: gazzetta.it