"Milan" Teo Ernandes, Bennaser va Rafael Leao bilan yangi shartnoma bo'yicha muzokaralarni tasdiqladi

Alisher
9 yanv 2022, 11:31
"Milan" direktori Paolo Maldini klub jamoaning uch futbolchisi bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralar o'tkazayotganini xabar qildi.

"Biz Teo Ernandes va Esmael Bennaser bilan shartnomani uzaytirish borasida rivojlangan muzokaralar bosqichidamiz. 

Shuningdek bizda Rafael Leao bilan yangi bitim borasida muzokaralar ketmoqda. Bizning rejalarimizda yaqin kunlarda uch futbolchi bilan ham kelishuvga erishish bor", - deydi Maldini.

"Milan" Italiya chempionatida 20ta o'yinda 45 ochko bilan jadvalda ikkinchi o'rinda bormoqda.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano