

Xitoylik biznesmen uning inqirozi haqidagi mish-mishlar matbuotgacha yetib borishidan qo'rqqan, shu sababli ma'lumotni ommadan yashirishga harakat qilgan.
"Rossonerlar" sobiq prezidentining advokati Marko Fassone bu ma'lumotni tasdiqladi.
Ma'lum bo'lishicha, "Milan" to'rt nafar jurnalistni kuzatish uchun 4ta detektiv va 2ta maxsus mashina yollagan ekan. Bu kuzatuv 19 fevraldan 2 martgacha davom etgan, detektivlar bu vaqt ichidagi mehnati uchun 80 ming evro ishlab olishgan.
Bundan tashqari, Li "Milan" direktorlarining telefon, planshet va noutbuklariga kirish imkoniyatiga ega bo'lgan. Shu bilan birga u to'rt nafar xodimning so'nggi telefon qo'ng'iroqlarini eshitgan.



