"Milan" Ruminiya terma jamoasi darvozaboni bilan shartnoma imzolaydi

Sherzod Nurmatov
9 sen 2020
Tez orada "Milan" ruminiyalik darvozabon Chiprian Teterushanuni xarid qiladi.

"Lion"ning 34 yoshli posboni milanliklar bilan 3 yillik shartnoma tuzadi va Janluiji Donnarummaning o'rinbosariga aylanadi.

Teterushanu o'tgan mavsum Liga 1'da atigi 2 uchrashuv o'tkazgan. U avval "Nant", "Fiorentina" va "Styaua"da o'ynagan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com