Gattuzo "Lion" bilan kelishuvga erishdi

Sherzod Nurmatov
12 sen 2023
"Milan", "Napoli" va "Valensiya" klublari sobiq ustozi Jennaro Gattuzo "Lion"ni boshqaradi.

Bu haqda jurnalist Janluka Di Marcio xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, tomonlar amalda kelishuvga erishgan. Ular faqat oxirgi detallarni kelishib olishsa bo'lgani.

"To'quvchilar" mutaxassisning Fransiyaga tezroq yetib borishini taminlash uchun harakat qilmoqda. Klub 17 sentyabr kuni bo'lib o'tadigan "Gavr"ga qarshi o'yinda italiyalik mutaxassis jamoani boshqarishini istamoqda.

Avvalroq "Lion" Loran Blanni bosh murabbiy lavozimidan ozod qilgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/dimarzio