"Milan" "Roma"ning o'rniga Gamper Kubogida "Barselona" bilan o'ynaydi

Alisher
1 iyul 2022, 10:47
"Milan" Gamer Kubogi uchun "Barselona" bilan o'ynaydi.

Tomonlar muzokaralarning yakuniy bosqichidalar.

Eslatib o'tamiz, "Roma" turnirda ishtirok etish uchun kelishuvni bekor qilgan edi. "Rossoneri" esa Kataloniya klubi taklifini qabul qildi.

"Milan" so'nggi bor Gamper Kubogida 2010 yilda o'ynagan va o'shanda penaltilar seriyasida mag'lub bo'lgan edi.

O'yin 2022 yilning 6 avgust kuni bo'lib o'tadi.


AlisherMuallif
Manba: RAC1