

Transfermarkt braziliyalik futbolchini 15-17 million evro deb baholamoqda, biroq Fernandoning “ajdarlar” bilan tuzgan shartnomasi 2014 yilning yozida tugaydi. “Rossoneri”lar o'yinchini yozda bepul olish bo'yicha kelishuvga erishishlari mumkin.
Ammo “Milan” vice-prezidenti Adriano Galliani, futbolchini yanvarda jamoaga olib kelishga harakat qilmoqda.
Avval berilgan xabarlarda Fernandoga “Inter”, “Yuventus” va “Napoli” klublari qiziqayotgani aytilgan edi.



