

Amaldagi shartnoma murabbiyni "rossonerlar" bilan mavsum oxirigacha bog'lab turadi. Shartnomada ushbu muddatni uzaytirish varianti bor, lekin klub murabbiy bilan yangi shartnoma tuzmoqchi.
Manbaning xabariga ko'ra, "Milan" Pioliga ikki yildan ham ko'proq shartnoma taklif qilmoqchi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda Stefano Pioli boshchiligida "Milan" so'nggi 10 yil ichida ilk marta Italiya chempioniga aylangandi.
"Milan" Italiya chempionatining navbatdagi o'yinini 16 oktyabr kuni "Verona"ga qarshi raqib maydonida o'tkazadi.



