"Milan" Pellegrini "Monako"dan xarid qilmoqchi va o'yinchini "Torino"ga ijaraga bermoqchi

Alisher
18 yanv 2022
"Milan" hujumchisi Petro Pellegri ijara asosida "Torino"ga o'tishga yaqin.

Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.

20 yoshli italiyalikning transfer huquqi "Monako"ga tegishli. O'yinchi 2021/22 yilgi mavsumni "Milan"da ijara asosida o'tkazmoqda.

"Rossonerilar"ning rejalarida Pellegrini "Monako"dan xarid qilish va uni "Torino"ga ijaraga berish bor.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira