"Milan" Pellegri transferini e'lon qildi

Aslanov Jasurbek
25 avg 2021, 19:49
Italiyaning "Milan" klubi "Monako" hujumchisi Pellegrini 6+1 million evroga sotib olish huquqi bilan ijaraga oldi.

20 yoshli futbolchi keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga olingan. Futbolchi Italiya klubida 64-raqamda to'p suradi.

Avvalroq italiyalik futbolchining ijarasi "rossonerlar"ga 1 million evroga, sotib oladigan taqdirda - 6 million evro va yana bonus tariqasida 1 million evroga tushishi haqida xabar berilgandi.

O'tgan mavsum Pellegri Fransiya chempionatida 16 o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/acmilan