Milan Mitrovich: "Bu yil eng qiziqarli chempionat bo'ladi"

Iskandarov Abdulaziz
10 fev 2025
"So'g'diyona" darvozaboni Milan Mitrovich Superligaga tayyorgarlik jarayonlari haqida gapirdi.

"Hammasi reja bo'yicha davom etyapti. Butun jamoa mavsum boshlanishini intiqlik bilan kutmoqda deya olaman. Biz uchun hech narsa o'zgargani yo'q. Maqsad va niyatlarimiz doimgidek yuqori. O'ylaymanki, klub allaqachon sovrinli o'rinlarni egallash paytiga kelgan.  Rahbariyat bu borada oldimizga vazifa qo'ygan va bu uchun sharoit yaratib bergan.  O'ylaymanki, bu yil eng qiziqarli chempionat bo'ladi. Biz sovrinli o'rinlarni egallash uchun qo'limizdan kelgan barcha ishni qilamiz. O'tgan mavsum har bir jamoada bo'lgani kabi bizda ham pasayish, ko'tarilish yuz berdi. Biz to'g'ri yo'ldamiz, 2021 yilgi natijani yaxshilashga salohiyatimiz etadi. Ayrim o'yinlarda diqqatni jamlay olganimiz yo'q. Yana omadsizliklar ham pand berdi",- deydi Mitrovich. 

Ma'lumot uchun, "So'g'diyona" ilk turni 9 mart kuni Qarshida "Nasaf"ga qarshi o'tkazadi.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia