"Milan" mavsum so'ngida Malinovskiyni xarid qilish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda

Alisher
12 mar 2022, 13:44
"Milan" "Atalanta" yarim himoyachisi Ruslan Malinovskiyga qiziqish bildirmoqda.

"Rossoneri" 28 yoshli ukrainalik futbolchini mavsum so'ngida xarid qilish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.

Malinovskiy joriy mavsum "Atalanta" tarkibida 31ta o'yinda maydonga tushib, 10ta gol va 4ta assist qayd etdi. 

Xavbekning Bergamo klubi bilan shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: Football Italia