"Milan" "Manchester Siti" himoyachisi bilan shartnoma imzolamoqchi

Sherzod Nurmatov
29 avg 2025
"Manchester Siti"ning shveytsariyalik himoyachisi Manuel Akanji tez orada jamoasini o'zgartirib, Italiya top-klublaridan biriga o'tishi mumkin.

Insayder va jurnalist Fabricio Romanoning yozishicha, 30 yoshli futbolchining xizmatlariga milanliklar qiziqish bildirmoqda. 

"Rossoneri" rahbariyati allaqachon Manchester jamoasi bilan himoyachining ehtimoliy transferi bo'yicha muzokaralarning birinchi bosqichini o'tkazgan. 

Eslatib o'tamiz, ekspertlar hozirda Akanjining transfer qiymatini 28 million evroga baholamoqda.

Eslatib o'tamiz, Manuel Akanji o'tgan mavsum "shaharliklar" tarkibida Angliya chempionatida 26 o'yin o'tkazib, 3 ta sariq kartochka olgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano