"Milan" Leauga yaxshiroq shartnoma taklif qilmoqchi, klub uni "Chelsi" yoki "Siti"ga kyetib qolishidan cho'chimoqda

Aziz Tukhtamuradov
29 sen 2022
"Milan" Rafael Leauga yangi shartnoma taklif qiladi.

Portugaliyalik futbolchi unga ko'ra, bonuslardan tashqari yiliga 6 million evro oladi. 

Ma'lum bo'lishicha, klub rahbariyati uning "Chelsi" yoki "Manchester Siti"ga kyetib qolishidan havotir olmoqda. 

23 yoshli futbolchining hozirgi shartnomasi 2024 yilning iyuniga qadar amal qiladi. 

Janluiji Donnarumma va Xakan Chalxanoglu bilan bo'lgan voqeadan so'ng milanliklar Leau bilan uzoq muddatlik shartnoma tuzib qo'yishni rejalashtirgan ko'rinadilar. Yuqorida ismi qayd etilgan futbolchilar "Milan"ni erkin agent sifatida tark etishgandi.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Football Italia