"Milan" Krunich bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda

Alisher
27 iyul 2022
"Milan" yarim himoyachi Rade Krunich bilan shartnomani uzaytirishga tayyor.

Italiya klubi futbolchini jamoaning muhim bo'lagi deb hisoblaydi.

O'yinchi "Milan"ga 2019 yilda "Empoli"dan o'tgandi. Uning amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar mo'ljallangan, ammo klub rahbariyati asosiy tarkibda tez-tez maydonga tushmayotgan bo'lsa ham, futbolchi bilan shartnomani uzaytirmoqchi.

Krunich o'tgan mavsum A Seriya doirasidagi 28ta o'yinda maydonga tushib, 2ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato