"Milan" klub tashkil etilgan kunda Ibragimovich bilan shartnoma imzolamoqchi

Mirjalol Normatov
1 dek 2019, 15:25
"Corriere della Sera" xabariga ko'ra, "Milan" rahbriyati yaqin ikki hafta ichida Zlatan Ibragimovich bilan shartnoma imzolashni niyat qilgan.

Aytilishicha, "rossoneri"lar rahbariyati klub 120 yoshga kiradigan 15 dekabr kunida futbolchi bilan shartnoma imzolashni niyat qilmoqda.

Forvard bilan 18 oylik shartnomaga imzo chekiladi va unda futbolchi ushbu mavsum yakunlanganidan keyin klubdan ketishi ham mumkin bo'ladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Corriere della Sera