Milan himoyachisi yozda Manchester Sitiga o'tishi mumkin

Khoja
28 fev 2025
Manchester Siti Milanning qanot himoyachisi Teo Ernandesga qiziqish bildirmoqda.

Shaharliklar 27 yoshli futbolchining transferiga 35 million evro to'lashga tayyor. Bu summa esa milanliklarni qoniqtirmoqda.

Teo joriy mavsum barcha musobaqalarda 35 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 4 ta gol va 5 ta golli uzatma bor. Futbolchining milanliklar bilan tuzgan shartnomasi 2026 yilning yozida yakunlanadi.



KhojaMuallif
Manba: championat.com