"Milan" himoyachisi Ernandes kasallik sabab "Napoli" bilan o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin

Alisher
18 dek 2021, 15:53
"Milan" himoyachisi Teo Ernandes "Napoli"ga qarshi Italiya chempionati 18-tur doirasidagi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin.

24 yoshli francuz hali kasallikdan to'liq tuzalmadi. Juma kuni u zalda shug'ullandi va jamoaning qolgan a'zolari bilan birgalikda shug'ullanmadi.

Ernandes 2021/22 yilgi mavsum "Milan" safida 19ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 5ta assist qayd etdi.

Eslatib o'tamiz, "Milan" - "Napoli" o'yini ertaga bo'lib o'tadi.


AlisherMuallif
Manba: Football Italia