"Milan" Gattuzoning o'rniga boshqa murabbiy topib qo'ydi

Aslanov Jasurbek
23 dek 2018
Yaqin vaqtlarda "Milan" Jennaro Gattuzoni iste'foga chiqarishi mumkin.

"La Gazzetta Dello Sport" xabariga ko'ra, 40 yoshli mutaxassisning o'rnida ishlaydigan murabbiy ham topib qo'ygan. Arsen Venger Londondagi 22 yillik faoliyatidan so'ng Milanda ish boshlashi mumkin.

17 turdan keyin "Milan" 27 ochko bilan turnir jadvalining 5-pog'onasini egallab turibdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal.com