

Ikkala futbolchining amaldagi shartnomasi 2024 yil yozida nihoyasiga etishi ko'zda tutilgan. "Rossoneri" hozirda ushbu kelishuvlarni klub uchun eng ustuvor vazifa, deb hisoblaydi.
Bennaser yaqin orada 5 yilga mo'ljallangan yangi kelishuvni imzolashi kutilmoqda. U Milan klubida yiliga 3 mln evro ishlab topadi.
Leau borasida esa yaqin kunlarda hech qanday uchrashuv rejalashtirilmagan. Portugaliya terma jamoasi a'zosi agenti bilan telefon orqali muloqot qilinadi va bu orqali yiliga 6 mln evrodan oshmaydigan kelishuvga erishishga umid qilinadi.



