

Gazzetta dello Sport xabariga ko'ra, klubga egalik qiluvchi RedBird Capital kompaniyasi Milan YCHLga yo'llanma ololmagan taqdirda, jamoa bosh murabbiyi Stefano Pioli va sport direktori Paolo Maldinini iste'foga chiqarish masalasini ko'rib chiqadi. Rossonerlar A Seriyada top-4likdan joy ololmasa va Chempionlar ligasidan chetda qolsa, moliyaviy zarar miqdori taxminan 50 million evroni tashkil etadi.
Ma'lumot uchun, 35-turdan keyin Milan 61 ochko bilan A Seriya turnir jadvalida 5-o'rinda bormoqda. Klub so'nggi tur o'yinida Speciyaga yutqazgan (0:2) bo'lsa, YCHL yarimfinal birinchi bahsida Interga mag'lub (0:2) bo'ldi. Javob uchrashuvi 16 may kuni bo'lib o'tadi.



