"Milan" darvozaboni termadagi faoliyatini yakunladi

Mirjalol Normatov
20 noya 2020
"Milan" posboni Chiprian Teterushanu Ruminiya termasidagi faoliyatini yakunlaganini ma'lum qildi.

"Ruminiya termasini 10 yil davomida qo'riqlaganimdan mamnunman. Meni har bir o'yinga chaqirishganidan, maydonga tushganda milliy madhiyani kuylashdan, termaning libosini kiyishdan doimo g'ururlanganman. Tez orada 35ga kiraman.

Yoshlarga joyni bo'shatadigan vaqt keldi. Men esa ortga qadam tashlamoqdaman", - deb yozadi futbolchi.

Chiprian Teterushanu Ruminiya termasi tarkibida 73 o'yinda qatnashgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal