"Milan" Botmanni 25 mln evroga xarid qilish huquqi bilan ijaraga olmoqchi. "Lill" 30 mln evro olmoqchi

Alisher
24 dek 2021
"Lill" himoyachisi Sven Botman "Milan"ga o'tishi mumkin.

Italiya klubi sport direktori Frederik Massara o'yinchi bilan transferni muhokama qilish uchun aloqaga chiqdi.

"Rossonerilar" o'yinchini 25 millionga xarid qilish imkoniyati bilan 1-2 mln evroga ijaraga olmoqchi.

Botman joriy mavsum Liga 1 doirasidagi 12ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira