"Milan" "Barselona" himoyachisini sotib olmoqchi

Omonjon To`xtamirzayev
24 fev 2023
"Milan" klubi "Barselona" himoyachisi Samuel Yumtitini sotib olmoqchi.

Bu haqda "Salciomercatoweb" xabar berdi.

Klub mavsum oxirida futbolchi va "Barselona" kelishuvni o'zaro rozilik asosida buzishlarini kutadi. Eslatib o'tamiz, ayni damda futbolchi ijara asosida "Lechche" sharafini himoya qilyapti va yaxshi sport formasini tiklab olgan. Ma'lumotlarga qaraganda, bunga qaramay, kataloniyaliklar fransiyalik himoyachi bilan mavsum oxirida xayrlashmoqchi.



Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sport.es