"Milan" asosiy himoyachisi 5 oyga safdan chiqdi

Sherzod Nurmatov
9 sen 2022, 10:56
"Milan" himoyachisi Alessandro Florenci og'ir jarohat tufayli uzoq muddatni maydon tashqarisida o'tkazib yuboradi.

Bu haqda Italiya klubi rasmiy sayti xabar qildi.

Futbolchi chap sonidan jarohat oldi va muvaffaqiyatli operaciya qilindi. Futbolchining tiklanish davri kamida besh oyni tashkil qiladi. Shu tariqa, u 2023 yilning fevraligacha maydonga qayta olmaydi.

31 yoshli Florenci joriy mavsum "Milan" safida 2 ta o'yinda maydonga tushdi. Uning klub bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: acmilan.com