"Milan" 2012 yildan beri ilk marta ketma-ket ikki marta gol ura olmay yutqazdi

Mirjalol Normatov
5 noya 2023
A Seriyaning 11-turida "Milan" o'z maydonida "Udineze"ga 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi.

"Rossoneri" bunga qadar o'z arenasida 9-turda "Yuventus"ga g'am shu hisobda yutqazgandi. Shu orqali "Milan" 11 yil deganda o'z maydonida ketma-ket ikki o'yinda gol ura olmasdan yutqazdi.

O'shanda "Milan" avgust-sentyabr oylarida "San-Siro"da "Sampdoriya" va "Atalanta"ga 0:1 hisobi bilan yutqazgandi. O'shanda jamoani Massimiliano Allegri boshqarayotgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Opta