Milan 1993 yildan buyon ilk bor bu ishni bajardi

Narzulla Saydullayev
18 avg 2017
Milan Yevropa ligasi pley-off bosqichida Shkendiyani yirik hisobda (6:0) taslim qildi.

So'nggi bor klub 1993 yil oktyabr oyida evrokuboklar doirasida shuncha gol urgandi. O'shanda YCHL guruh bosqichida Kopengagen taslim etilgandi.

Rossonerlarning evrokuboklardagi rekordi 1962/63 yilgi mavsumda Union ustidan qo'lga kiritilgan (8:0).



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/OptaPaolo