"Milan" 100 mln evrolik futbolchisini saqlab qolishga urinmoqda, unga "Bavariya" va "Chelsi" qiziqish bildirmoqda

Alisher
24 mar 2024, 11:31
"Milan" Mayk Menyan bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralar olib bormoqda.

Tomonlar optimistik kayfiyatda, ammo ish bitim imzolashdan ancha yiroqda.

Darvozabon ayni damda yiliga 2,8 mln evro ishlamoqda. "Rossoneri" maoshni 5,5 mlnga qadar ko'tarishga tayyor, futbolchining o'zi esa kamida 7 mln xohlamoqda, aynan shuncha pul jamoada eng ko'p maoshga ega Rafael Leau oladi.

Menyanga hali ham "Bavariya" va "Chelsi" da'vogarlik qilmoqda. Oldinroq xabar berilganidek, "Milan" darvozabon uchun 100 mln evro atrofida talab qilmoqda.


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato