Mikel Arteta muxlislardan Obameyangni hurmat qilishga chorladi

Mirjalol Normatov
2 may 2023
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta "Chelsi" bilan o'yinda muxlislardan Per-Emerik Obameyangni hurmat qilishga chorladi.

Gabonlik forvard 2018-2021 yillar davomida "kanonirlar" tarkibida o'ynagan va 128 o'yinda 68 gol urgan.

"Keling, birgalikda unga rahmat aytamiz. Uning jamoamiz tarkibidagi o'yinlari uchun hurmat saqlashimiz kerak. Per jamoadagi eng yaxshi futbolchilardan biri bo'lgan, sardorlik qilgan va ko'plab muhim to'plar kiritgan. U hurmatga loyiq. Rahmat ayting va minnatdor bo'ling", - dedi Arteta.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia