Mikael Sekeyra: "Jasur Jalolidinov bilan kelishuvga erishildi? Bundan bexabarman"

Aslanov Jasurbek
4 iyul 2021
Superliganing 12-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Lokomotiv" (2:1) bahsidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Mikael Sekeyra fikrlari bilan o'rtoqlashdi.





"Birinchi bo'limda o'z o'yinimizni ko'rsatayotgandik. Ikkinchi bo'limda "Paxtakor" o'zini ko'rsata oldi", – deydi Sekeyra. 

- Tanlangan taktika xato edimi? 

- Yana bir bor aytaman, birinchi bo'limda raqibdan yaxshi o'ynadik. Lekin birinchi gol o'yinni o'zgartirib yubordi. 

- Diego Bardanka intervyularida klubda moliyaviy muammolar borligini aytgandi. Bu borada fikringiz qanday?

- Bu savolga javob bermayman.

- O'yindan oldin klub Jasur Jaloliddinov bilan kelishuvga erishgani haqida aytdi. Qanday qilib mavsum oxirigacha shartnomasi bor futbolchi qo'shib olindi?

- Bundan bexabarman. Bor futbolchilar haqidagi savolga javob beraman.

- "Lokomotiv" o'yinni hujumchisiz boshladi. Bu nima bilan bog'liq?

- Bizda hujumchi bor edi. Bugun boshqacha uslubda o'ynashga harakat qildik.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia