MFL. "Rubin" bir kishi kam bo'lib g'alabaga erishdi, Ashurmatov ikkinchi taymda maydonga tushdi

Alisher Ostonov
12 mar 2023, 21:19
MFL (Milliy futbol ligasi) 22-tur doirasidagi "Rubin" – "Volga Ulyanovsk" o'yini bo'lib o'tdi.

Unda qozonliklar Lisakovichning 2-daqiqada urgan goli evaziga g'alaba qozonishdi. 49-daqiqada esa mezbonlardan Gorbunov ikkinchi sariq kartochkani olib maydonni tark etdi.

Jamoaning o'zbekistonlik futbolchisi Rustam Ashurmatov o'yinning 67-daqiqasida maydonga tushdi va bahs so'nggiga qadar harakat qildi. Qayd etish kerakki, himoyachi 82-daqiqada ogohlantirildi.


"Rubin" – "Volga Ulyanovsk" 1:0

Gol: 1:0 – 2 Lisakovich.

"Rubin": Martinovich, Dyupin, Gricaenko, Teslenko, Zotov, Zagoev (Lomovickiy, 18; Ashurmatov, 67), Popov, Kabutov, Gorbunov, Lisakovich (Apshacev, 86), Fameye (Mitkov, 86).

"Volga Ulyanovsk": Dashaev, Klimovich, Danilkin (Xabibullin, 57), Magomadov, Maxmutov, Raxmanov (Paskin, 57), Raxmanov, Morozov, Kirsanov (Solomaxa, 73), Kamlashev (Efremov, 46), Bilalov (Ture, 46).

Ogohlantirishlar: Gorbunov (20), Dashaev (45), Gricaenko (45), Martynovich (56), Fameye (74), Ashurmatov (82), Paskin (90).

Chetlatish: Gorbunov (49).


MFL TURNIR JADVALI



Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia