Metyu Stinvorden - "Paxtakor" futbolchisi

Omonjon To`xtamirzayev
28 iyul 2023
30 yoshli markaziy himoyachi jamoamizning yangi futbolchisiga aylandi.

Toshkent klubi futbolchi bilan bir yarim yillik shartnoma imzolagan.

"Feyenoord" klubi tarbiyalanuvchisi sanalgan Stinvorden hozirgacha Gollandiyaning "Feyenoord", "Ekselsior", "Dordrext", "Kambuur" va Xorvatiyaning "Gorica" klublari sharafini himoya qilgan. 2019 yildan beri Xorvatiya klubida o'ynagan. Faoliyati davomida chempionatlarda 250 o'yinda 15 gol muallifi bo'lgan. Stinvorden "Paxtakor"da o'ynaydigan gollandiyalik birinchi futbolchiga aylanadi. U erkin agent sifatida jamoamizga ko'chib o'tdi.

Metyuga "Paxtakor"dagi faoliyati g'alaba va sovrinlarga boy bo'lishini tilaymiz. "Sherlar" safiga xush kelibsan!", - deyiladi klub xabarida. 



Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz