"Metc" va "Valansen" inqiroz yoqasida

Aslanov Jasurbek
23 fev 2015
Fransiyaning ikki klubi moliyaviy qiyin holatga tushib qoldi va inqirozga uchrashi mumkin.

Xabarlarga ko'ra, "Metc"ga bir yarim yil oldin kelgan ozarbayjonlik rahbar klubga kerakli dividen olib kela bilmadi. Ayni damda jamoa nafaqat so'nggi o'rinda ketyapti, balki jiddiy moliyaviy muammolarga ham ega. Klub inqirozga uchrashi mumkin. Hozircha futbolchilarga maosh to'lanmoqda, ammo bu borada may oyida muammolar yuzaga kelishi mumkin. Mamlakatning ikkinchi darajali chempionatida ishtirok etayotgan "Valansen" ham shu vaziyatda. Mablag' yetishmovchiligi sababli klub auditori Fransiya sudini klub inqirozga uchrashi mumkinligi haqida ogohlantirgan. Shu bilan birga, jamoada 2 mln evro yo'qolgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sport-express.ru