

Bugun o'tkaziladigan yoshlar tarkiblari va ertaga bo'lib o'tadigan asosiy tarkiblar o'yini soat 18:00 da boshlanadi.
Ayni kunlarda poytaxtimizda O'zbekiston yoshlar terma jamoasi yig'in o'tkazayotganidan xabaringiz bor. Yig'inda “Metallurg”ning ikki o'yinchisi – Islom Qobilov va Javohir Esonqulovlar ham ishtirok etishyapti. Bizga ma'lum bo'lishicha yoshlar terma jamoamiz murabbiylar shtabi J.Esonqulovning “Andijon”ga qarshi o'yinda qatnashishiga monelik qilmagan va u bugun Bekobodga yetib keladi. Islom Qobilov esa terma jamoa ixtiyorida qoldi. “Andijon” jamoasi ham bitta yo'qotish bor. Sariq kartochkalarning yig'ilib qolganligi bois Ibrohim Otaxonov “Metallurg”ga qarshi o'yinda jamoadoshlariga yordam bera olmaydi. Ertaga o'tkaziladigan mazkur o'yinni quyidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.
Metallurg (Bekobod) – Andijon (Andijon)
Hakamlar: R. Bobomurodov (Navoiy), A. Sidorov (Toshkent), D. Saylalov (Toshkent), K. Rasulov (Qarshi)
Nazoratchi: G'. Karimov (Toshkent).
UzPFL vakili: V. Letkin.
"Metallurg" matbuot xizmati



