Messining xotini unga rekord darajadagi shartnomaga qo'l qo'yishini taqiqladi

Оқил Абдубарноев
9 may 2023
PSJning argentinalik hujumchisi Lionel Messi kelasi mavsumda faoliyatini qayerda davom ettirishi haqida hali bir qarorga kelmagan.

Manbaning xabariga ko'ra, 35 yoshli hujumchi Saudiya Arabistonidan kelgan foydali taklifni qabul qilishga shoshilmayapti, chunki u Yevropada faoliyatini davom ettirmoqchi.

Bundan tashqari, Lionelning rafiqasi Antonella Rokuzzo Yaqin Sharqqa ko'chib o'tishga qarshilik qilmoqda. Futbolchining ayoli Saudiya Arabistonida yashashni istamaydi.

Avvalroq Messiga Saudiya klubidan rekord taklif tushgani haqida xabar berilgandi.

Lionel 2021 yilning yozidan buyon PSJda o'ynamoqda. Ushbu mavsum oxirida hujumchining parijliklar bilan shartnomasi yakuniga etadi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Lequipe