Messining "Manchester Siti"ga urgan goli Chempionlar Ligasida tur goli deb topildi

Alisher
30 sen 2021, 18:01
PSJ hujumchisi Lionel Messining CHL guruh bosqich 2-tur doirasidagi "Manchester Siti"ga qarshi urgan goli eng yaxshi deb topildi.

Qayd etish kerakki, ushbu gol Messi uchun Parij jamoasi futbolchisi sifatidagi ilk samarali harakat bo'ldi.

Ikkinchi o'rinni "Sherif" xavbeki Sebastyan Till ("Real"ga gol), uchinchi o'rinni MYU himoyachisi Aleks Telles ("Vilyarreal"ga gol) va to'rtinchi o'rinni "Atletiko" forvardi Antuan Grizmann ("Milan"ga gol) band etdi.

Chempionlar Ligasi guruh bosqich uchinchi tur o'yinlari 19-20 oktyabr kunlari bo'lib o'tadi.

→ YCHL. PSJ - "Manchester Siti" 2:0 (VIDEO)


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/ChampionsLeague