Messining Erondagi qiyofadoshi. U aslida kim? FOTO

Narzulla Saydullayev
9 may 2017, 21:00
Argentinalik futbol yulduzi bo'lgan Lionel Messiga o'xshash eronlik muxlislardan biri hibsga olingani haqida xabar berilgandi.
May oyi boshida Hamadon shahrida "Barselona"ning 10-raqamli futbolkasini kiyib olgan yigitcha paydo bo'ldi. U Leo Messiga juda ham o'xshardi, uning ortidan ko'plab odamlar rasmga tushishni so'rab yugurib yurardi.

8 may kuni barchasiga chek qo'yildi. Eronlik "Messi" 25 yoshli talaba Rizo Parastesh bo'lib chiqdi.

Ayni paytda Rizo ozodlikka chiqqan va har bir daqiqasi reja bo'yicha taqsimlab chiqilgan. OAV vakillari u bilan intervyu olishga navbatda turishibdi. Rizo Messining fintlarini o'rganishni ham boshlab yubordi.











Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia