Messini nemis grandlari o'z safiga qo'shib olmoqchi

Оқил Абдубарноев
18 apr 2024, 22:22
Rayan Messiga Bundesliga klublari qiziqish bildirmoqda.

Manbaning xabariga ko'ra, "Dijon"ning 16 yoshli vingeriga "Bavariya", "Borussiya Dortmund" va "RB Leyptsig" klublari qiziqish bildirmoqda. "RB Leyptsig" allaqachon Fransiya jamoasi bilan aloqaga chiqqan.

Qayd etilishicha, 16 yoshli Messi Premer-liga klublarining ham e'tiborini tortgan, biroq inglizlar voyaga etmagan xorijliklarning transferi borasidagi qonunchilik tufayli yaqin orada uni o'z safiga qo'sha olmaydi.

Eslatib o'tamiz, 12 aprel kuni Rayan "Orlean"ga qarshi o'yinda (1:0) gol urib, "Dijon" tarixidagi eng yosh gol muallifiga aylandi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: L’Equipe