Messidan avtograf olgan hakam jazolandi

Aslanov Jasurbek
22 fev 2025
Lionel Messidan avtograf olgan referini jazolashdi.

KONKAKAF Chempionlar Kubogi birinchi doira bahsida "Inter Mayami" "Kanzas Siti"ni 1:0 hisobida taslim qildi.

O'yindan so'ng uchrashuv bosh hakami Marko Antonio Ortis Nava Messidan imkoniyati cheklangan qarindoshi uchun avtograf so'ragan.

KONKAKAF meksikalik hakamga nisbatan intizomiy jazo qo'llagan.

"Hakamning xatti-harakatlari konfederatsiyaning o'yin rasmiylariga nisbatan odob-axloq qoidalariga va bunday so'rovlar bo'yicha amaldagi tartiblarga to'g'ri kelmadi”, - deyiladi tashkilot bayonotida.

Hakamga qanday jazo berilgani aniq emas, ammo referi o'z harakatlari uchun barcha aybni bo'yniga olgani aytilmoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Reuters