Messi – yilning eng yaxshi sportchisi

Sport matbuoti xalqaro associaciyasi Lionel Messini 2019 yilning eng yaxshi sportchisi deya e'lon qildi.

“Barselona” hujumchisi 394 ovoz to'plab (13,11%) g'oliblikni qo'lga kiritdi. Joriy mavsumda argentinalik futbolchi oltinchi bor “Oltin to'p”ga loyiq ko'rildi.

Ikkinchi o'rinni keniyalik atlet Eliud Kipchoge band etdi. U 361 ovoz to'pladi (12,01%).

Uchinchi o'rin ispaniyalik tennischi Rafael Nadalga nasib etdi (282 ovoz, 9,38%).

“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu esa 240 ovoz to'plab, 4-pog'onadan joy oldi. 

159 ovozga ega bo'lgan “Liverpul” himoyachisi Virjil van Deyk so'rovda 6-o'rinni egalladi.


Manba: sports.ru