Messi va Suares gol urgan o'yinda Argentina va Urugvay murosa ko'chasini tanladi

Tolibjon Qosimov
19 noya 2019
Isroil poytaxti Tel-Aviv shahrida ushbu ikki yurt terma jamoalari o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tdi.

"Blumfild" stadioni mezbonlik qilgan bahs 2:2 hisobi bilan o'z yakuniga etdi. Argentinaliklar safida Aguero Messining golli pasidan keyin gol urdi, Messining o'zi esa penaltidan o'z hisobiga gol yozib qo'ydi. Urugvay tarkibida esa Kavani hamda Suares gol urishdi. Luis hujumdagi sherigiga golli pas ham berdi.


O'rtoqlik uchrashuvi.
Argentina – Urugvay 2:2
Gollar
: S.Aguero 63, L.Messi 90 (pen.) - E.Kavani 34, L.Suares 68

Argentina – Andrada, Peccelya, Otamendi, Talyafiko, Saraviya, Paredes (Nikolas Gonsales, 79), de Paul (Guido Rodriges, 88), Akunya (Nikolas Dominges, 68), Messi, Aguero, Dibala (Lautaro Martines 76).

Urugvay – Kampanya, Koates, Vinya, Godin, Kaseres, Valverde (Rodrigo Bentankur, 75), Vesino, Lozano (Brian Rodriges, 88), Torreyra, Suares, Kavani (Diego Lakslt, 56).

Ogohlantirishlar: Kavani (39), Paredes (40), Vesino (43), Godin (53), Gonsales (90).


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia