

Qayd etish kerak, ushbu postlar bir kunning o'zida instagramda eng ko'p layk yig'gan rasmlar qatoriga kirdi - Krishtianuda 30,4 mln, Leoda 24,1 mln.
Shu orqali, Krishtianuning posti instagramda eng ko'p layk yig'gan postlar reytingining uchinchi pog'onasida qayd etilgan bo'lsa, Leoning posti to'qqizinchi o'rinda.
Muxlislarning fikriga ko'ra, Krishtianuning posti instagramda eng ko'p layk yig'gan tuxum (55,8 mln)dan ham ko'proq layk yig'ishi kutilmoqda.




