Messi, Suares va Dibala Leoning shaxsiy samolyotida terma jamoa o'yinlari uchun uchib ketishdi

Alisher
6 okt 2020
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi "Atletiko" forvardi Luis Suares va bir necha argentinalik futbolchilarni shaxsiy samolyotida terma jamoa o'yinlari uchun olib ketdi.

Buenos-Ayresga parvoz qilganlar orasida Paulo Dibala ("Yuventus"), Nikolas Otamendi ("Benfika"), Xuan Foyt ("Vilyarreal"), Lukas Okampos va Markos Akunya ("Sevilya")lar ham bor.

Messi Gulfstream V samolyotini 2018 yilda xarid qilgan edi. Bortda dushli vanna xonalari va 8ta krovat bor. Samolyotning zinalarida Messining oila a'zolarining ismlari keltirilgan.


AlisherMuallif
Manba: tycsports.com