Messi Pele va Ronaldudan o'tib kyetib, rekord qo'ydi

Eldor Akmurzayev
19 sen 2022
Fransiya chempionati 8-turida PSJ Lionel Messining goli evaziga “Lion”ni 1:0 hisobida taslim etdi.

35 yoshli argentinalik faoliyati davomida penaltisiz kiritgan to'plari sonini 672 taga etkazib, MYU forvardi Krishtianu Ronaldu va “futbol qiroli” Peleni (ikkisida 671 tadan) quvib o'tgan holda rekordchiga aylandi.

Messi ushbu natijaga Ronaldudan 150 ta o'yin kam o'tkazgan holda erishdi.

35 yoshli hujumchi joriy mavsum parijliklar libosida 11 bahsda qatnashib, 6+8 natija ko'rsatib turibdi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Scoreboard Survey