Messi oyiga 8,3 mln. evro oladi, Ronaldu esa 4,7 mln. evro

Aslanov Jasurbek
8 fev 2019
Fransiyaning L’Equipe nashri Yevropaning kuchli chempionatlarida eng ko'p maosh olayotgan futbolchilar ro'yxatini tuzib chiqdi.

Eng ko'p pulni "Barselona" hujumchisi Lionel Messi ishlab topadi. Uning oylik daromadi soliqlar bilan hisoblaganda 8,3 mln. evro.

Ikkinchi o'rinni "Yuventus" forvardi Krishtianu Ronaldu egallab turibdi. U 4,7 mln. evro ishlab topadi.


Yevropaning eng ko'p maosh oladigan futbolchilari

1. Lionel Messi (Barselona) – oyiga 8,3 mln evro

2. Krishtianu Ronaldu (Yuventus) – 4,7

3. Antuan Grizmann (Atletiko) – 3,3

4. Neymar (PSJ) – 3,06

5. Luis Suares (Barselona) – 2,9

6. Garet Beyl (Real) – 2,5

7. Filippe Koutino (Barselona) – 2,3

8. Aleksis Sanches (Manchester Yunayted) – 2,28

9. Kilian Mbappe (PSJ) – 1,73

10. Mesut Ozil (Arsenal) – 1,6


Bundesligada eng ko'p maoshni "Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski oladi. Uning oylik daromadi 1,37 mln. evro.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: L’Equipe