"Messi "oltin qafasda" yashamoqda"

Mirjalol Normatov
24 sen 2018
Italiya termasining sobiq hujumchisi Pablo Osvaldo 30 yoshida futboldan ketgani sababini aytdi.

"Futbol dunyosi endi men uchun emas. Krishtianu Ronaldu 150 marta erga tayanib qo'lni bukib yozish mashqini bajargandan keyin uyiga kyetishni yaxshi ko'rsa, menga barbekyu tayyorlash yoqadi. Futbol men uchun ko'plab mablag' to'plab, oilamga yordam berdi. Ayni damda ishlamasam ham bo'ladi. Ko'plab joylarga sayohat qilib, yangi insonlar bilan tanishishim ham mumkin. Futbol mening hayotimni o'zgartirdi, ammo erkinlikdan mahrum qildi va bunga o'rganib qoldim.

Messi kabi bo'lish? Yo'q. U kabi o'ynashni istayman, ammo uning shaxsiy hayoti borasida unday deya olmayman. U "Oltin qafas"da yashaydi. U hech qayerda hotirjam aylana olmaydi. Unda shunday, menda esa yo'q. U katta televizor sotib olib, unda o'zini ko'ra olmaydi", - dedi Osvaldo.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia