Messi MLS to'purarlar poygasida yetakchilik qilmoqda - 22 ta o'yinda 22 ta gol

Alisher Ostonov
21 sen 2025
"Inter Mayami" forvardi Lionel Messi "Di Si Yunayted"ga qarshi o'yinda (3:2) dubl va golli uzatmani amalga oshirdi.

Argentina terma jamoasining 38 yoshli futbolchisi MLSning joriy chempionatida 22-golini urdi va 31 o'yinda 21 ta to'p kiritgan "Neshvill" hujumchisi Sem Serrijni ortda qoldirib, to'purarlar poygasida birinchi o'ringa chiqib oldi. Messi 22 ta o'yinda maydonga tushgan.


Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia