Messi Kafuga yetib oldi, J.Amerika rekordiga qadar 5 ta o'yin qoldi

Eldor Akmurzayev
18 noya 2020
JCH-2022 saralashi doirasida Lionel Messi Argentina termasi safida Peruga (2:0) qarshi bahsda maydonga tushdi.

Messi milliy jamoa libosidagi 142 o'yinini o'tkazdi. U mazkur natija bo'yicha janubiy amerikaliklar orasida Kafuga (Braziliya) yetib oldi va u bilan 3-o'rinni bo'lishmoqda.

O'yinlar soni bo'yicha qita rekordchisi esa Xaver Zanetti (147 o'yin, Argentina) hisoblanadi. Keyingi pog'onada yaqinda futbolchilik faoliyatini yakunlagan Xaver Maskerano (143) turibdi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: by.tribuna.com